Arxitektura ta’lim yo‘nalishi
Arxitektura fakultetida kelajak orzulari loyihalarga aylantirilib, odamlarni ilhomlantiradigan va ularga xizmat qiladigan makonlar yaratiladi. Adjuda o‘z ijodingiz va iste’dodingizni kashf qilasiz. Biz sizni tasavvuringizni haqiqiy loyihalarga aylantirishga o‘rgatamiz.
Interyer dizayn ta’lim yo‘nalishi
Biz bo‘sh makonlarni har bir burchagi qulaylik, go‘zallik, o‘ziga xoslik, funksionallik va barqarorlik haqida so‘zlaydigan hikoyalarga aylantiramiz. Biz sizni yashash va ishlash joylarini hamda atrof-muhitni ijodkorlari bo‘lishni o‘rgatamiz.
Qurilish inshootlari muhandisligi ta’lim yo‘nalishi
Kelajak uchun zarur bo‘lgan barcha muhim inshoatlarni – avtomobil yo‘llaridan tortib ko‘priklarni, transport yo‘l harakatini boshqarish tizimlaridan boshlab aeroportlarni va uylaru shaharlarni bunyod etuvchi muhandis bo‘lib yetishing. Zamonaviy taraqqiyotning haqiqiy qudrati mazkur ta’lim yo‘nalishidan boshlanishiga guvoh bo‘lasiz va biz sizga tassavvuringizda loyihalarni hayotimizda muhim o‘rin tutadigan muhandislik inshootlari majmuasiga aylantirishga o‘rgatamiz.
AI Dasturiy ta’minot ta'lim yo'nalishi
Dasturiy ta’minot
va raqamli kodlar – bu kelajak tillaridir. Dasturiy ta’minot fakultetida siz raqamli kodlash tillaridan unumli foydalanishni
va dunyoni o‘zgartiradigan texnologiyalarni yaratishni o‘rganasiz. Raqamli sivilizatsiyaning asosi bo‘lgan dasturiy ta’minotning yaratuvchisi, dizayneri, dasturchisi bo‘lishingiz uchun sizni o‘qitamiz va o‘rgatamiz.
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi ta’lim yo‘nalishi
Raqamli texnologiya - bu taraqqiyot tili va zamonamizning muhim narsalarining negizidir. Ushbu fakultetda tarraqiy etgan kelajakni qurish uchun raqamli texnologiyani yaratish, rivojlantirish va boshqarishni o‘rgatamiz.
Biznesni boshqarish ta’lim yo‘nalishi
Bu yerda siz biznesda yutuqqa erishish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘rganasiz. Yirik korporatsiya rahbari yoki yirik tadbirkor sifatida biznes olamida muvofaqqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, albatta, bilimga ega bo‘lishingiz kerak. Biz keng qamrovli biznes ta’limot taklif qilamiz. Marketing, moliya, buxgalteriya hisobi va operatsiyalari, HR, IT, strategiyalar ishlab chiqish, innovatsiyalar va boshqaruv fanlari Adju biznes ta’limotining asosi hisoblanadi.
IT biznes ta’lim yo‘nalishi
Zamonaviy biznes bugungi raqamli dunyoda gullab-yashnamoqda. Adjuning IT biznes fakultetida siz ham IT ham biznesni o‘rganasiz. Biznes loyihalarni muvoffaqiyatli amalga oshirish va boshqarishni o‘rgatish uchun axborot texnologiyalari va biznesni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘z ichiga olgan mukammal o‘quv dasturini taqdim etamiz. Bugungi kunda biznes va kompaniyalar faoliyatini raqamlashtirish jarayonida yetakchi bo‘lishingiz uchun biz sizga sifatli ta’lim beramiz.
Ingliz filologiyasi va menejment ta’lim yo‘nalishi
Chet tilini o‘zlashtirish boshqa xalqlarning madaniyatini anglash va umuman dunyoni boshqarish uchun imkoniyat beradi, ayniqsa, agar siz umumjahon tili bo‘lgan ingliz tilini bilsangiz. Adjuda siz bir vaqtning o‘zida til va liderlik san’atini egallaysiz. Adjuda xorijiy tillarni o‘rgatish ta’lim dasturining o‘ziga xosligi shundaki, chet tili fanlari biznes va boshqaruv ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirilgan holda o‘qitiladi. Bu o‘z navbatida sizni yuqori daromadli ish bilan ta’minlashga kafil bo‘ladi.
Koreys filologiyasi va menejment ta’lim yo‘nalishi
Chet tilini o‘zlashtirish boshqa xalqlarning madaniyatini anglash va umuman dunyoni boshqarish uchun imkoniyat beradi. Adjuda siz bir vaqtning o‘zida til va liderlik san’atini egallaysiz. Adjuda xorijiy tillarni o‘rgatish ta’lim dasturining o‘ziga xosligi shundaki, chet tili fanlari biznes va boshqaruv ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirilgan holda o‘qitiladi. Bu o‘z navbatida sizni yuqori daromadli ish bilan ta’minlashga kafil bo‘ladi. Koreys tili va madaniyatini o‘rganish Koreyada yoki bu yerda ko‘plab yangi imkonlarni qo‘lga kiritish va ulardan foydalanishning asosiy vositasi hisoblanadi. Adjudagi koreys tili fanlari dasturi sizga koreys professorlarining sifatli ta’limi bilan birga muvoffaqqiyatga erishingiz uchun koreys uslubidagi tizimli ko‘maklashish tadbirlarini ham taqdim qiladi. Biz doimo nazariya va amaliyot, an’ana va innovatsiya mutanosibligini qadrlaymiz.